09 okt 11:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Derevyanchenko va Golovkin boksdan chetlatildi
O'rta vaznda ikki yo'nalish bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin hamda uning sobiq raqibi Sergey Derevyanchenko boksdan chetlatildi.
Bunday qarorni Nyu-York sport komissiyasi qabul qilgan. Hozircha bokschilar qancha muddatga chetlatilgani malum emas. Bunday chetlatishlar boksda bo'lib turadi. Har ikki bokschi ham jarohatlardan forig' bo'lib, o'ziga kelib olganidan so'ng chetlatish haqidagi qaror o'z kuchini yo'qotadi.
Eslatib o'tamiz, Derevyanchenko va Golovkin o'rtasidagi jang qozog'istonlik bokschining g'alabasi bilan yakunlagan edi.
Havola :
Manba : sportarena.com
Fikrlar