07 okt 08:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Derevyanchenko va Golovkin o'rtasida revansh o'tkaziladi
Gennadiy Golovkinning menejeri Eddi Xirn mijozi kelasi yil Sergey Derevyanchenkoga qarshi revansh jangida ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi.
"Men ular o'rtasidagi revanshni jon deb tomosha qilgan bo'lardim. Menimcha, hech kim revansh o'tkazilishiga qarshi bo'lmaydi. Bokschilar o'rtasidagi revansh jangini kelasi yili tashkil qilsa bo'ladi", - dedi Xirn.
Eslatib o'tamiz, Golovkin Derevyanchenkoga qarshi kechgan bahsda ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozonib, vakant bo'lib turgan IBO va IBF kamarlariga ega chiqqandi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar