23 avg 11:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Derrik Lyuisning raqibi o'zgardi
Amerikalik og'ir vazn toifasidagi UFC jangchisi, kamar uchun sobiq davogar Derrik Lyuisning navbatdagi jangi tafsilotlari malum bo'ldi.
Aslida Derrik 3 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Aleksandr Romanovga qarshi jang o'tkazishi lozim edi. Ammo bu jang bekor qilindi va endi Lyuis braziliyalik Jonat Dinizga qarshi oktagonga chiqadi. Jang sanasi va manzili esa o'zgarishsiz qoldi.
Eslatib o'tamiz, Derrik Lyuis so'nggi jangini shu yilning may oyida Rodrigo Nasimentoga qarshi o'tkazib, raqibini uchinchi raundda texnik nokautga uchratgan edi. Diniz esa yaqinda Karl Uillyamsdan ochkolar hisobiga ko'ra ustun kelgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar