10 okt 17:17
Yangiliklar
Futbol
Desham FIFAning 2030 yilgi Jahon chempionati mezbonlari haqidagi qarorini tanqid qildi
Franciya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshan 2030 yilgi mundial bir vaqtning o'zida 6 ta davlatda o'tkazilishidan norozi.
"Menga bir nechta mamlakatlarda musobaqa tashkil etish tendenciyasi yoqmaydi. Ushbu uchta uchrashuvni Janubiy Amerika qitasida o'tkazishning o'ziga xos xususiyati bor. Bu shuni anglatadiki, Janubiy Amerika jamoalari ustunlikka ega bo'ladi, qolganlar esa uyoqqa-buyoqqa uchishlari kerak... Bu qarorlarni kim qabul qilishini bilmayman, lekin sizdan yashirmayman, sport va axloqiy nuqtai nazardan bu menga yoqmaydi", – dedi Dide Desham.
Eslatib o'tamiz, Dide Desham Franciya terma jamoasini 2012 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U 2018 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqdi, shuningdek, jamoani Evro-2016 va JCH-2022 finallariga olib chiqdi.
Havola :
Manba : RMC Sport
Fikrlar