05 mar 19:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Devisning fikricha, hakamlar undan g'alabani o'g'irlagan
Engil vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Jervonta Devisning fikricha, Lamont-Rouchga qarshi jangida hakamlar unga nisbatan nohaq hukm chiqargan.
Yodingizda bo'lsa, 12 raund to'liq davom etgan bellashuvda durang natijasi qayd etilgandi.
"Hakamlar jangni mendan tortib olishdi va durangga qisqartirishdi, chunki men cho'kkalab qolib, ahmoqona xatoga yo'l qo'ydim. Ammo jangda eng ko'p zarbani men berganman. Sochim ko'zimga kirib qolib, yondirib yubordi" deb yozdi Devis ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar