17 iyu 10:30
Yangiliklar
Tennischilarimiz "Devis Kubogi"dagi ishtirokini boshlashdi. Natija ko'ngildagidek emas!
Guruh bosqichining ilk uchrashuvida terma jamoamiz Singapur ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Yakkalik bahslarida Sergey Fomin Bill CHanni 6:4, 7:6(5) hisobida mag'lub etdi. Amir Milushev esa Jeydon Divandakaga 6:7(3), 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Juftlik bahsida Damir Abdusamadov va Sergey Fomin Bill CHan hamda Maksimus Xaver Vong juftligini 7:5, 3:6, 6:2 hisobida mag'lub etib, O'zbekiston terma jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
Kecha bo'lib o'tgan ikkinchi qarama-qarshilikda esa Filippin tennischilariga imkoniyat boy berildi — 1:2. Bu safar ham Fomin o'z o'yinida g'olib bo'ldi. U Alberto Lim ustidan 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Amir Milushev Erik Olivaresga 3:6, 2:6 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, Damir Abdusamadov/Abdulaziz Usmonjonov juftligi Frensis Alkantara va Ruben Gonsales oldida ojiz qoldi — 6:7, 4:6.
Afsuski, ushbu muhim musobaqada O'zbekistonning ikkinchi hamda uchinchi raketkalari - tajribali Humoyun Sultonov va Nikita Belozercev ishtirok etmayapti. Ukrainadan mahalliylashtirilgan Nikita "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirda qatnashyapti. Sultonov esa bu hafta hech bir turnirga "zayavka" qilinmagan.
Oldinda terma jamoamizni Iordaniyaga qarshi o'yin kutmoqda.

Fikrlar