16 iyu 14:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/1367_220.jpg)
Devqomat Brok Lesnar doping sabab chetlatilishi mumkin
Aralash qoidalar bo'yicha og'ir (120 kg) vazn toifasida sobiq UFC chempioni amerikalik 38 yoshli Brok Lesnar (6-3) doping mojarosi sabab chetlatilishi mumkin.
Lesnarning USADA antidoping siyosatini buzganligi uchun diskvalifikaciya qilinishi kutilyapti. Brokdan 28 iyun kuni olingan doping-test ijobiy natija bergani aytilyapti.
Brok Lesnar 9 iyul kuni faoliyatini qayta tiklagan va o'sha kuni hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra reytingda 9-o'rinni egallab turgan zelandiyalik 42 yoshli Mark Xantni (12-11-1) mag'lub etgandi. Lesnar so'nggi bor 2011 yilning 30 dekabr kuni o'z jangini o'tkazgan va Alister Overimga (41-14) mag'lub bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar