31 avg 18:13
Yangiliklar
Futbol
Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kim bo'lganini aytdi
"SHubhalaringiz bo'lsa, ularni tarqatib yuborishga tayyorman".
"Benfika"ning argentinalik yarim himoyachisiga faoliyatidagi eng yaxshi uch murabbiy kimlar bo'lgani haqida savol berishdi. Biroq u savolga javob berishni istamay, o'rniga eng yomoni kimligini aytdi.
"Hammadan yomoni Lui van Gal bo'lgan, bunga sizni ishontira olaman. Agar qandaydir shubhangiz bo'lsa, ularni tarqatib yuboraman" - dedi Di Mariya.
Argentinalik futbolchi 2014-2015 yillarda "Manchester Yunayted"da Lui van Gal qo'l ostida to'p tepgan.
Havola :
Fikrlar