21 mar 10:42
Yangiliklar
Futbol

Di Mariya jarohat oldi, endi u Argentinaga yordam bera olmaydi
Anxel Di Mariya mushaklarini jarohatlab oldi, deb xabar bermoqda terma jamoaning Tvitterdagi sahifasi.
Endi “farishta” Argentinaga ikkita o'rtoqlik uchrashuvida ham yordam bera olmaydi. Argentina terma jamoasi 22 mart sanasida Venesuela, 26 mart kuni esa Marokashga qarshi maydonga tushadi.
Joriy mavsum Anxel Franciya chempionatida 25 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Fikrlar