17 noy 15:52
Yangiliklar
Futbol
Dibala "Roma"ni tark etishi mumkin. Agar…
Argentinalik hujumchi Paulo Dibala agar kelasi mavsumda "Roma" ECHLda qatnashmaydigan bo'lsa, jamoani tark etishini bildirdi
Dibalaning Rim klubi bilan shartnomasida “bo'rilar” nufuzli evrokuboklarni o'tkazib yuboradigan taqdirda to'lanadigan tovon puli borasida maxsus band kiritilgan ekan. Ushbu bandni faollashtiruvchi shartlar yuzaga kelsa, futbolchining o'z xohishiga ko'ra, istalgan klub uni 20 mln evroga sotib olish imkoniga ega bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Dibala “Roma” safida 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 7 ta gol urib, 2 ta golga asistentlik qildi. “Transfermarkt” portali 29 yoshli o'yinchining bozor qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : La Gazzette dello Sport
Fikrlar