07 iyu 03:57
Yangiliklar
Futbol

Diego Maradona shifoxonaga yotqizildi
Argentinalik mashhur sobiq futbolchi Diego Maradona Kolumbiyaning Kali shahridagi shifoxonaga yotqizildi.
Qayd etilishicha, uning tizzasi operaciya qilinadi. Maradona bir necha oydan buyon chap tizzasida og'riq his qilmoqda. 17 yil avval uning ikki tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkazgan jarroh German Ochoa bu safar ham operaciya o'tkazishi belgilangan. Maradona shifoxonada 6-8 kun qolishi mumkin.
Biroz avvalroq Maradona Brestning “Dinamo” klubi ijrochi direktori etib tayinlangandi.
Havola :
Fikrlar