06 dek 11:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillashou - Sexudo superchempionlik jangi bir hafta oldinga surildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Ti Jey Dillashou endi vazn tashlash uchun bir hafta kamroq vaqtga ega bo'ladi.
Malumki, Dillashou engilroq vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Genri Sexudoga qarshi 26 yanvar kuni oktagonga chiqishi kerak edi. Lekin tashkilotchilar ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangini 19 yanvarga ko'chirishdi.
Bu UFC tashkilotining yangi hamkori - ESPN+ kanali bilan o'tkazadigan birinchi turniri bo'ladi. Endi jangning bir hafta oldinga surilgani 26 yanvar kuniga belgilangan UFC 233 turnirining o'zgarishiga ham sabab bo'ladi. Tashklotchilar bu sanaga yangi turnir qo'yishlari shart.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar