06 jan 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillashou uchta vazn chempionlik kamariga ega chiqmoqchi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Ti Jey Dillashou rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Dillashou o'zining navbatdagi jangini Genri Sexudoga qarshi o'tkazadi. Sexudo ham jahon chempioni hisoblanadi. SHundan keyin Ti Jey yarim engil vazn toifasida jang o'tkazishni niyat qilgan.
“Men professionalman. Yarim engil vazn toifasiga o'tish haqida anchadan beri o'ylab yuribman. Buni ko'pchilik xohlayapti. Muxlislar Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqishimni istashmoqda. O'zimda ham shunday istak bor. Avval Sexudo, keyin esa Maksga ham navbat keladi. Uchta chempionlik kamarini o'zida birlashtirgan ilk UFC chempioni bo'laman”, - dedi Dillashou.
Havola :
Fikrlar