21 mar 07:59
Yangiliklar

Dillashoudan doping chiqdi, u UFC chempionlik kamaridan voz kechdi
Nyu-York shtati Atletik komissiyasi hamda USADA tashkiloti tomonidan olingan doping-tahlil ijobiy natija bergan. Bu xabarni eshitgan Dillashou ixtiyoriy ravishda chempionlik kamaridan voz kechgan va uni vakant qoldirgan. Bu haqda Ti Jey o'zining Instagram sahifasida xabar bergan.
"Muxlislarimga afsus bilan shuni malum qilamanki, USADA tashkiloti hamda Nyu-York shtati atletik komissiyasi mening doping-tahlilimda taqiqlangan modda aniqlabdi. Bu xabarni eshitib xayratdan yoqa ushladim. Hozir mening jamoam vaziyatga oydinlik kiritish bo'yicha ishlayapti. Divizionning boshqa sportchilariga hurmatni saqlagan holda men chempionlik kamarimdan voz kechaman. Bu haqda UFC rahbariyatini ham xabardor qildim", - dedi Dillashou.
Fikrlar