16 mar 15:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt jarohat sabab Jo Joys bilan jang qila olmaydi, uning o'rnini boshqa bir taniqli bokschi egallaydi
5 aprel kuni Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida yirik professional boks oqshomi bo'lib o'tadi.
Oqshom doirasida superog'ir vazn toifasidagi ikki britaniyalik bokschilar — Jo Joys (16-3, 15 KO) va Dillian Uayt (31-3, 21 KO) jang qilishi kerak edi.
Ammo 36 yoshli Uayt mashg'ulot chog'ida barmog'idan jarohat olgan va u endi boks oqshomini o'tkazib yuboradi. Dillianning o'rnini 32 yoshli xorvatiyalik bokschi Filip Xrgovich (17-1, 14 KO) egallashga va Joys bilan jang qilishga rozi bo'ldi.
Boks turniri Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar