05 mar 09:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt - Jo Joys jangi bekor qilindi
Britaniyalik bokschilar - Dillian Uayt va Jo Joys o'rtasidagi jang bekor qilindi.
Ushbu bahs 5 aprel kuni Angliyaning Bornmut shahrida o'tkazilishi lozim edi. Dillian Uayt jarohat olgani sabab ushbu jangda ishtirok eta olmasligini malum qilgan. Joys sobiq vaqtinchalik WBO chempioni hisoblanadi.
Qizig'i, Jo Joys Dillian Uayt bilan jang qilish uchun o'zining 1 mart kuniga belgilangan jangidan voz kechgandi. Jo aslida bahorning ilk kuni Patrik Kotega qarshi ringga chiqishi kerak edi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar