29 mar 18:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Dillian Uayt Povetkin yoki Ortisga qarshi jang o'tkazadi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Dillian Uayt navbatdagi jangini iyul oyida o'tkazadi.
Bu malumotni bokschining promouteri Eddi Xirn ham tasdiqladi. Xirn Uaytning raqibi bo'lishga nomzodlarni ham oshkor etdi. Asosiy raqiblar sifatida rossiyalik Aleksandr Povetkin hamda kubalik Luis Ortis zikr etilgan.
SHuningdek, ro'yxatda Manuel CHarr hamda Evropa chempioni Agit Kabayelning ham ism-shariflari bor. Ayni paytda WBC reytingida aynan Dillian Uayt peshqadamlik qilmoqda. Xirnning aytishicha, Uayt ishtirokidagi jang 6 yoki 13 iyul kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar