31 jan 15:56
Yangiliklar

Diskvalifikaciya Xabibning rejalariga tasir ko'rsatmaydi
"Sport nuqtai nazaridan olib qaraydigan bo'lsak, 9 oylik diskvalifikaciya rejalarimizga xech qanday tasir ko'rsatmaydi. Xabib noyabr oyigacha oktagonga qaytmasdi baribir. 5 may - 3 iyun kunlari Ramazon oyi hisoblanadi va u ro'za tutgan holda jismoniy holatini ushlab turishi juda qiyin bo'ladi. Ramazondan so'ng u mashg'ulotlarga kirishadi va UFCdagi navbatdagi jangiga tayyorlana boshlaydi.
Biz Fergyuson yoki Sen-Per bilan jang qilishni istardik. UFC MakGregorga qarshi revanshni istamoqda. Buning iloji bor. Ammo, bu biz uchun u qadar qiziq emas. MakGregor - o'tib bo'lingan bosqich. Xabibning oldida boshqa vazifalar bor. Unga kuchli va munosib raqib kerak. Bu erda men Fergyuson va Sen-Perni nazarda tutyapman. SHuningdek, Meyvezerga qarshi boks jangi ham rejada turibdi", - dedi katta Nurmagomedov.
Fikrlar