08 mar 18:27
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova Olimpiada-2028`da ishtirok etishiga ishora qildi + FOTO
Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Diyora Keldiyorova katta sportga qaytayotganga o'xshaydi.
Farzand tarbiyasi bilan mashg'ul bo'layotgan o'zbekistonlik birinchi ayol Yozgi Olimpiya o'yinlari chempioni o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qoldirgan xabarida 2028 yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o'tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etishiga ishora qilgan.
"Allohning dargohi keng - Undan ko'proq so'rayvering", mazmunida xabar yozib, uning ostida LA2028 deb qo'shib qo'ygan.
Malumot uchun, Diyora Keldiyorova Parij Olimpiadasidan keyin hali musobaqalarda ishtirok etmagan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar