19 noy 14:12
Yangiliklar
Dzyudo
Diyora Keldiyorova: "Qishda yugurishim uchun butun krossovkam bo'lmas edi..."
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Parij-2024 yozgi Olimpiadasi g'olibi Diyora Keldiyorova o'tmishni esladi.
"Qish faslini nima uchun yomon ko'raman? CHunki qishda butun krossovkam bo'lmas edi. Oyog'imga rulon paket kiyib, yugurardim ko'chada. CHunki menda hayotimni o'zgartirishi mumkin bo'lgan sportdan boshqa hech narsa yo'q edi. Mana shu sport hayotimni o'zgartirishim uchun menga katta kuch berdi. CHunki olis bir qishloqda tug'ilganman, ota-onam oddiy ishchilar. Sport hayotda o'zimga maqsad qo'ya olishimga yordam berdi", deya yoshligini esladi Keldiyorova.
Kecha sportchining hayot yo'liga bag'ishlangan "Diyora nozik yo'l" nomli hujjatli filmning yopiq premerasi o'tkazilgani haqida xabar bergandik.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar