02 may 06:56
Yangiliklar
Og'ir atletika

Diyorbek Ro'zmetov Jahon chempionatida uchta medal qo'lga kiritdi
Peru poytaxti Lima shahrida bo'lib o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar (U17) va yoshlar (U20) o'rtasidagi jahon chempionati terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
67 kilogramm vazn toifasida kurash olib borgan hamyurtimiz dast ko'tarish mashqida 139 kg, siltab ko'tarishda 163 kg natijani ko'rsatdi. Ikki kurash bo'yicha 302 kg natija qayd etgan Diyorbek Ro'zmetov 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
U dast ko'tarishda kumush, siltab ko'tarish va ikkikurashda bronza medallariga sazovor bo'ldi. Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda yana 5 nafar yurtdoshimiz jahon chempionati medallari uchun supachaga chiqadi.
Havola :
Fikrlar