24 iyu 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Dmitriy Bivol Artur Beterbiev bilan jang uchun tayyorgarliklarni boshladi (FOTO)
Yarim og'ir vazn toifasida WBA, IBO yo'nalishlarida Jahon chempioni, rossiyalik prof bokschi Dmitriy Bivol (23-0) WBC, IBF va WBO kamarlari sohibi bo'lmish hamyurti Artur Beterbiev bilan jang uchun mashg'ulotlarni boshlab yubordi.
Tayyorgarlikning ilk bosqichi Issiq-Ko'lda (Qirg'iziston) o'tadi.
Bivol - Beterbiev qarama-qarshiligi aslida, 1 iyun kuni Ar-Riyod shahrida o'tkazilishi lozim edi, biroq Beterbievning jangga yaqin jarohat olishi natijasida kechiktirilgan edi.
Dmitriy Bivol esa 1 iyun kuni Malik Zinad ustidan zafar quchgan edi. Uning Artur Beterbievga qarshi kechiktirilgan jangi 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda tashkil etiladi.
Havola :
Manba : Мир Бокса
Fikrlar