04 iyu 09:33
Yangiliklar
Dmitriy Bivol faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob qaytardi
"So'nggi bir necha yildan beri har bir jangga xuddi oxirgisiga chiqayotgandek tayyorlanaman. Doim: “Ehtimol bu oxirgi jangim bo'ladi”, deb o'ylayman. Biroz ruhan, bazida esa jismonan charchaysan.
Menda har doim 35 yoshga borganda faoliyatni yakunlash kerak degan qarash bo'lgan. 35-36 yoshimda o'zimni bokschi sifatida tasavvur qilmaganman. 20 yoshimda: “30-40 yoshgacha boks tushishni istamayman. Boshqa sohada yosh mutaxassis bo'lib ishlashni, hayotda yangi sahifa ochishni xohlayman", deb o'ylardim.
Yana qancha vaqt boks tushishimni bilmayman. Buni vaqt ko'rsatadi. Hozir bazan o'zimni 25 yoshdagidek his qilaman, bazan esa 50 yoshli odamdek.
SHunday paytlar bo'ladiki, og'ir mashg'ulotlardan keyin ertalab uyg'onib, zo'rg'a yurasan. Egilish ham, tik turish ham qiyin bo'ladi, hamma joying qattiq og'riydi. SHunda: “Eh, butun umrim davomida mehnat qildim-ku. Nega hali ham hamma joyim og'riyapti?” deb o'ylab qolasan", — dedi Bivol.
Fikrlar