26 mar 08:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Dmitriy Bivol Krouford - Kanelo jangiga taxmin berdi
Rossiyalik mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol Terens Krouford va Saul "Kanelo" Alvares o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Terens va Saul o'rtasidagi jang juda qiziqarli bo'ladi. Men bunday ajoyib ikki jangchining to'qnashuvini sabrsizlik bilan kutyapman.
Avvaliga men Kroufordning bo'yi haqida o'yladim. Ikki vazn toifasiga ko'tarilganida o'zini qanday his qilarkin? Biroq uni bir oy oldin Dubayda ko'rganimda, u katta va juda yaxshi ko'nikmalarga ega ekanini tushundim. Krouford – mening eng sevimli bokschilarimdan biri va mening fikrimcha, u bu jangni yutishga qodir. U zarbalarning kuchiga va ikkinchi o'rta vazndagi bosimga moslashishi lozim", - dedi Bivol The Ring jurnaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar