08 okt 11:38
Yangiliklar
Dmitriy Bivolning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi
WBO vaqtinchalik chempioni, yarim og'ir vazn toifasida to'laqonli chempionlik kamari uchun majburiy davogar britaniyalik Kallum Smit birlashgan jahon chempioni Dmitriy Bivolga qarshi jang uchun rasmiy hujjatlarga imzo chekdi.
"RCC Boxing" bosh direktori German Titov vaziyatga shunday izoh berdi: "Bugun biz Kallum Smit jamoasi bilan uzoq davom etgan muzokaralarni yakunladik. Dmitriy Bivolga qarshi jangni tashkil etish uchun barcha zaruriy hujjatlar imzolandi. CHempionlik jangining tashkilotchisi "RCC Boxing" promouterlik kompaniyasi hisoblanadi va biz bu jangni dekabr oyida Ekaterinburg shahrida o'tkazamiz. Rejalashtirilgan sana — 12 dekabr! Endi WBO, WBA, IBF va "The Ring" tashkilotlaridan tasdiq kutish qoldi, shundan so'ng chempionlik jangi rasman elon qilinadi".
Eslatib o'tamiz, Dmitriy Bivol "RCC Boxing Promotions" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan shoularda ikki marta ringga chiqqan. 2021 yilda u Umar Salamovga qarshi jangda WBA kamarini himoya qilgan bo'lsa, 2026 yilda ilk bor "UGMK-Arena"da jang qilib, Mixael Ayfertni mag'lub etgan va WBA, IBF, IBO hamda "The Ring" chempionlik unvonlarini saqlab qolgan edi.

Fikrlar