12 fev 09:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/322518_220.jpg)
Dohada dunyoning birinchi raqamli tennis malikasini mag'lub etishdi
Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko WTA reytingida 26-pog'onada borayotgan rossiyalik Ekaterina Aleksandrovaga ilk uchrashuvidayoq imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/3, 3/6, 6/7(5).
Katya Arina uchun noqulay raqibalardan biri. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 4:4. Ikki soatu 36 daqiqa davom etgan bahsda Aleksandrova 4, Sobolenko 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennis malikasi ham 1 tadan qo'shxatoga yo'l qo'yib, 4 ta breyk-poyntdan unumli foydalandi.
Bu Sobolenko uchun Australian Open turnirining finalidan keyingi ilk uchrashuv bo'ldi. Aleksandrova esa ketma-ket oltinchi uchrashuvida g'alaba qozondi. Endi u 1/8 finalda Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi. Belgiyalik tennischi ikkinchi bosqichda ispaniyalik Kristina Bukshadan ustun keldi - 6/2, 6/3.
Fikrlar