05 sen 14:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Dos Anos: "Maxachevga qarshi jang men uchun so'nggi imkoniyat"
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Rafael Dos Anos Islam Maxachevga qarshi jangidan oldin fikr bildirdi.
"Bu men uchun titul jangiga etib borish uchun so'nggi imkoniyat. Hammasiga real qarash kerak. Men hali beri faoliyatimni yakunlamoqchi emasman. Lekin chempionlik uchun kurash bu boshqa masala. SHu paytga qadar 43 ta jang o'tkazganman.
SHulardan faqat bittasidagina nokaut bilan mag'lub bo'lganman. Mening arsenalim juda katta, nokautga ham uchramayman. Islamni mag'lub qilishimni his qilyapman, yutganda ham muddatidan avval", - dedi Rafael Dos Anos
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev va Rafael Dos Anos o'rtasidagi jang 30 oktyabr kuni UFC 267 doirasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar