15 avg 12:39
Yangiliklar

Dos Anos Xabib Maxachevdan nimasi bilan farq qilishini tushuntirib berdi
"Menimcha, ular butunlay boshqa-boshqa jangchilar. Islam - iqtidorli yigit va jamoasidagi ko'pchilik uning chempion bo'lishiga ishonadi, lekin Xabib umuman boshqacha. Men buni ularning har ikkisi bilan mashg'ulot o'tkazgan va ularni juda yaxshi biladigan odamlarning fikriga asoslanib aytyapman.
Men bildimki, Islamning Xabibdan ko'ra texnikasi kuchliroq, lekin uning fizikasi yaxshi emas. U qulay poziciyani egallab o'zini qutqaradi. Boshqa tomondan, Xabibda hamma narsa fizikaga mos keladi.
Buni tushunish uchun ularga qarang. Xabib jang ritmini o'rnatadiganlardan biri. U har doim oldinga boradi. Islam ko'proq texnik jangchi, lekin ko'p narsani oshkor qilmaydi», - deya dos Anosning so'zlaridan iqtibos keltiradi ge.globo.com sayti.
Fikrlar