11 fev 11:11
Yangiliklar
Doston Yoqubov: "Oltin medal meniki bo'lardi, agar..."
Kecha musobaqa doirasida hamyurtimiz Dostonbek Yoqubov kumush medalga sazovor bo'ldi. Atletimiz ushbu natijadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Natijam yomon bo'lmadi deb o'ylayman. Vazn tashlaganligim sabab o'zimni yaxshi his qilmadim. Mashg'ulotlarni ham ko'ngildagidek olib borolmagandim. Tanamda og'irlik his qilganligim ruhiy holatimga salbiy tasir o'tkazdi. Mashg'ulotlarda ko'targan og'irlikdagi toshlarni musobaqada ko'targanimda albatta oltin medalni olar edim. Biroq, har doim ham mashg'ulotlar va musobaqalar bir xil bo'lavermaydi. Endi bor etiborimni Qozog'istondagi Osiyo chempionatiga qarataman. Kelgusi turnirlarda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarish uchun tinimsiz harakat qilaman",- dedi sportchimiz o'zidan ko'ngli to'lmay.
Sarvinoz Raxmonqulova
Fikrlar