20 okt 10:41
Yangiliklar

Dryu Dober UFC rekordini o'rnatdi
Qizig'i shundaki, Dober tashkilotning engil divizionida aynan nokaut bilan g'alaba qozonish bo'yicha rekord o'rnatdi. Kanadalik ustidan qozonilgan g'alaba Doberning dunyoning eng kuchli ligasidagi o'ninchi nokauti bo'ldi.
Ikki teng raunddan so'ng vaziyat amerikalik zarariga ishlayotgan, kamiga uchinchi raundda raqibining belidan past qismiga zarba bergani uchun undan ochko olib tashlangandi. Dryu ana shunday qiyin vaziyatdan chiqib keta oldi. Dober uchinchi raundning ikkinchi daqiqasida hujumga o'tdi va raqibini nokautga uchratdi.
Etiborlisi, aynan shu to'qnashuv Kanadadagi turnirning "Eng yaxshi jangi" deb topilib, har ikki aralash yakkakurash ustasi gonorarga qo'shimcha ravishda 50 ming dollardan bonus olishdi. 37 yoshli Dryu Dober 2013 yildan beri dunyoning eng kuchli Ligasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Fikrlar