19 fev 13:03
Yangiliklar
Tennis

Dubay (WTA 1000). Muxova Emma Radukanu qarshiligini sindirdi
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning 17-raketkasi bo'lib turgan Karolina Muxova ikkinchi davrada reytingning 61-pog'onasida borayotgan britaniyalik Emma Radukanuni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 7/6(6), 6/4. Bu tennis malikalarining o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Ikki soatu olti daqiqa davom etgan bahsda Muxova 4, Radukanu 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha ustunlik chexiyalik tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 2. Endi Karolina amerikalik Makkartni Kesslerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar