20 fev 14:00
Yangiliklar
Tennis

Dubay (WTA). Dunyoning birinchi raketkasida ketma-ket uchinchi mag'lubiyat
BAAning Dubay shahrida tennis bo'yicha WTA 1000 toifasiga kiruvchi nufuzli turnir bo'lib o'tmoqda.
Kutilmaganda sayyoramizning birinchi raketkasi Arina Sobolenko uchinchi davra bahsida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Belaruslik tennis malikasi reytingning 38-pog'onasida borayotgan daniyalik Klara Tausonga 3/6, 2/6 hisobida yutqazdi. Tauson tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanatini ham tiklab qo'ydi - 1:1.
Sakson uch daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 3, Tauson 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Arina so'nggi 4 ta uchrashuvining 3 tasida mag'lubiyatga uchradi. Bu uning ketma-ket uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Endi Tauson 1/4 finalda dunyoning 35-raketkasi chexiyalik Linda Noskovaga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar