So’nggi yangiliklar

07:01Жавоҳир Синдаров сардорлигидаги жамоа шоҳсупада, Магнус чемпион бўла олмади! (+ФОТО) 0 19:58Тренд: Ўзбек дзюдочилари ўтган асрнинг 80-йилларида қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 19:27ЎФА терма жамоалар бўлимига очиқ савол: 2 та ўйин кам эмасми ёки яна "оқлар-кўклар"га қайтамизми? 0 18:56Хамзат Чимаев Пётр Ян билан келишмовчилиги бор-йўқлигига қатъий жавоб берди 0 18:25Махачев ММАдан кетганидан кейин ўз вазнида ким UFC чемпиони бўлишини айтди 0 17:54Challenge Samarkand-2026. Маҳоратли триатлончилар Самарқандда беллашмоқда 0 17:23Ёзда деярли 400 млн евродан воз кечган "Тоттенхэм" навбатдаги антирекордни янгилади 0 16:52Том Аспиналл UFC чемпионлик камаридан воз кечиши мумкин 0 16:21Хамзат Чимаев UFC`даги режалари ҳақида гапирди: жанг ёки операция 0 15:50Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди (32 та сурат) 0 15:19"Барселона" Жерар Мартин бўйича қарор қабул қилди 0 14:48Дэвид Бенавидес: "Биринчи оғир вазнда битта йиртқич бор ва у — мен!" 0 14:17Фрэнсис Нганну Дана Уайтга мағлубиятни тан олишни таклиф қилди 0 13:46Шавкат Раҳмоновнинг жамоаси унинг октагонга қайтишининг янги муддатини маълум қилди 0 13:15Sofascore. Беҳруз Каримов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

30 iyu 18:36
Yangiliklar

Boshqalar

Dunyodagi eng yaxshi sportchilar foydalanadigan 10 ta mental (psixologik) tayyorgarlik strategiyalari

Sportchi va murabbiylarimiz uchun yaxshi tavsiya.

1.Eng keng tarqalgan strategiya bu vizualizaciya bo'lib, bu kelajakni kelishidan oldin jonli tasavvur qilishni anglatadi. Buni amalga oshirish orqali sportchilar barcha potencial vaziyatlarni sodir bo'lishidan oldin mashq qilishlari va tayyorgarlik ko'rishlari mumkin. Buning uchun siz istagan narsalarni tasavvurda kinodek aylantiring va natijani yaxshilang.

2. Meditaciyasi. Ilm-fan isbotlaganki, meditaciya miyani sezilarli darajada o'zgartiradi, bu esa diqqatni jamlashni va bosim ostida tinch qolishni osonlashtiradi. Buning uchun bor etiboringizni nafasingizga qaratishingiz kerak va tanangizni har bir qismiga alohida etibor berib uni bo'shashtirishingiz zarur.

3.Tayyorgarlik odatlari. Sportchilar eng yaxshi natija ko'rsatish uchun optimal ruhiy holatga kirish uchun tayyorgarlik odatlarini o'zgartirmaydilar. Ayniqsa qizdiruvchi mashqlar musobaqalarda va trenerovkalarda maksimal bir xil bo'lishi, trenerovkadagi natijalar musobaqalarda ham yuzaga chiqishini imkonini yaratadi.


4. Ijobiy ichki suhbat. Eng yaxshi MMA jangchilari o'z-o'ziga gapirish orqali musobaqa oldidan ishonchni oshiradilar. Bunda ular o'zlariga kerakli motivacion fikrlarni qaytaradilar, o'zlariga kerakli holatni aytib ishonchni oshiradilar. 

5. Musiqa. Musiqa sportchilarga diqqatni jamlashga va musobaqa uchun optimal holatga kirishga yordam beradi. Masalan, Maykl Felps har doim musobaqa oldidan Eminem qo'shiqlarini tinglardi.

6. Matematika  bilan shug'ullanish. Mashhur sportchilardan B.Kobe haftasiga 2-3 marta matematika bilan shug'ullanishni odat qilganini aytgan.

7. Maqsadlar. Eng yaxshi sportchilar aniq maqsadlarga ega bo'lishdai. Mashhur klinik psixolog Jordan Peterson aniq maqsadlar qo'yishning muhimligini tushuntiradi. Maqsadlar qanchalik aniq bo'lsa, shunchalik ularga erishish osonlashadi ekan.

8. Nafas olish mashqlari . Sekin diafragma (qorin bo'shlig'i) orqali nafas olish sportchilarga tinchlanish va o'zlarini hozirgi holatga qaratishga yordam beradi. Lebron Jeyms ko'pincha tanaffuslar paytida buni amalga oshirayotganini tarmoqlardagi juda ko'p videolarda ko'rish mumkin.

9. Optimizm. Eng yaxshi sportchilar kelajak yaxshi bo'lishiga qatiy ishonadilar. SHu ishonch yo'qolsa g'laba imkoniyati ham 50% ga kamayishi mumkin. Optimist bo'ling va hammasi yaxshi bo'lishiga doimo ishoning.

10. Videolarni tahlil qilish va mashq qilish: Dunyodagi eng yaxshi sportchilar videolarni tahlil qilish va yaxshilanish yo'llarini ko'rish uchun ko'p soatlarini sarflashadi. Bu jarayon yaxshilanish kerak bo'lgan sohalarni topish, to'liq koncentraciya bilan mashq qilish, takrorlash kerak bo'lgan harakatlarni aniqlab takrorlash orqali sportchining natijadorligini oshiradi.


O'zbekiston voleybol federaciyasi psixologi, Sport psixologi Akobr Abdullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing