09 jan 08:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Dunyoga mashhur sayt yilning eng yaxshi MMA jangchisini aniqladi
Sport olamida ancha mashhur bo'lgan mmafighting.com sayti 2017 yilning eng yaxshi aralash qoidalar jangchisini aniqladi.
Amerikalik Maks Xollouey sayt talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi MMA jangchisi deb topildi. Maks o'tgan 2017 yilda ikkita muhim jang o'tkazib, ularning ikkisida ham kuchli raqibini mag'lub etdi.
Etiborlisi, u ikkita jangda bir sportchidan ustun
keldi. Xollouey avvaliga yarim engil vaznda UFC chempioni Joze Aldoni mag'lubiyatga
uchratib, raqibining chempionlik kamarini tortib oldi. Keyin esa aynan Aldoga
qarshi revansh jangida nokaut evaziga g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar