23 avg 10:37
Yangiliklar
Tennis, Qishki sport turlari

Dunyoning birinchi raketkasi Olimpiada-2026 mashalasini yoqishi mumkin
Italiyalik tennischi Yannik Sinner Milan va Kortina d'Ampecco shaharlari mezbonlik qiladigan qishki Olimpiya o'yinlari mashalasini alangalantirishi kutilmoqda.
Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar beryapti. Qishki Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi Milan shahridagi tarixiy "San-Siro" stadionida bo'lib o'tadi.
Qizig'i, Olimpiada-2026 ochilishi marosimi "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Australian Open turniridan 5 kun o'tib, 6 fevral sanasiga belgilangan.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar