17 noy 14:37
Yangiliklar
Dunyoning birinchi raketkasi ortiqcha qiyinchilik ATP Yakuniy turniri finaliga chiqdi
Musobaqada finalchilar aniqlandi. Dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner 1/2 finalda reytingning ettinchi pog'onasida borayotgan norvegiyalik Kasper Ruudga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/1, 6/2.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:0. Breyklar bo'yicha ustunlik ham xuddi shu hisobda italiyalik foydasiga hal bo'ldi. Etmish daqiqa davom etgan bahsda Sinner 9, Ruud 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham qo'shxatoga yo'l qo'ymadi.
Bugun Yannik Sinner ATP Yakuniy turniri finalida amerikalik Teylor Fritcga qarshi kortga chiqadi. Tennischilar bir necha kun avval ushbu turnirning guruh bosqichida o'zaro uchrashishgan va unda Sinner 6/4, 6/4 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar