13 may 13:25
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Rim "Masters" 1/8 finalida
Uch oylik diskvalifikaciyani o'tab qaytgan Yannik Sinner Rim "Masters" turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Italiyalik tennischi uchinchi davrada ATP reytingida 93-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Yesper de Yongni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/2. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi uchrashuvi edi - 2:0.
To'qson daqiqa davom etgan bahsda Sinner 4, De Yong 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bittadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, Yannik tomonida bo'ldi - 5 ga 2. Endi u 1/8 finalda reytingning 18-pog'onasida borayotgan argentinalik Francisko Serundologa qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar