17 okt 11:01
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi Six Kings Slam finaliga chiqdi
Ispaniyalik Karlos Alkaras Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan ko'rgazmali maqomdagi turnirning finaliga yo'l oldi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi 70 daqiqa davom etgan 1/2 finalda ATP reytingida 4-o'rinni egallab turgan amerikalik Teylor Fricni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Karlos oldinda bormoqda - 4:1. Bunga rasmiy maqomdagi bo'lmagani uchun kechagi uchrashuv kiritilmagan. Alkaras 6, Fric 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Endi Karlos Alkaras bosh sovrin uchun italiyalik Yannik Sinnerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar