01 okt 10:52
Yangiliklar

Dunyoning birinchi raketkasi Tokioni zabt etdi
Musobaqa bosh sovrini Karlos Alkarasga nasib etdi. Dunyoning birinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning beshinchi pog'onasida borayotgan Teylor Fricni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4.
Karlos tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni yiriklashtirdi - 4:1. To'qson ikki daqiqa davom etgan bahsda ikkala raketka ustasi ham 6 tadan eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ham bir xilda bo'ldi - 3 tadan. Breyklar bo'yicha ispaniyalik tennischi ustunlik qildi - 3 ga 1.
Karlos Alkaras Tokiodagi bir haftalik mehnatidan 500 reyting ochkosi hamda 416 365 AQSH dollari miqdorida mukofot puli ishlab oldi. Vice-chempion Fric esa 224 035 dollar mukofot puli hamda 330 reyting ochkosiga ega bo'ldi. Alkaras faoliyatidagi 24, mavsumdagi 8-sovrinini qo'lga kiritdi.
Fikrlar