25 sen 15:34
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning birinchi raketkasi to'pig'idan jarohat olganiga qaramay bahsni davom ettirmoqda + FOTO
Ayni daqiqalarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi nufuzli turnirning birinchi davra uchrashuvlari o'tkazilmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi, "Katta Dubulg'a" turnirlarining olti karra g'olibi Karlos Alkaras argentinalik Sebastyan Baesga qarshi kechayotgan ilk bosqich uchrashuvida jarohat oldi. Birinchi setning to'rtinchi geymidan keyin ispaniyalik tennischi to'pig'ini shikastladi. Unga shifokorlar kortning o'zida tibbiy yordam ko'rsatishdi.
Og'riqqa qaramay, Alkaras kortga qaytdi setni 6/4 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Ayni daqiqalarda ikkinchi set davom etmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar