17 okt 09:50
Yangiliklar
Tennis
Dunyoning birinchi raketkasida yana bir sovrin
AQSHning San-Diego shahri mezbonligida o'tgan WTA turniri yakunlandi.
Sayyoramizning birinchi raqamli tennis malikasi Iga Svyontek bosh sovrin sohibasiga aylandi. Polshalik tennischi 109 daqiqa davom etgan final uchrashuvida WTA reytingida 77-pog'onada borayotgan xorvatiyalik Donna Vekichni 6/3, 3/6, 6/0 hisobida taslim etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0. Svyontek bahs davomida 3 ta eys va 4 ta breykka erishdi. Qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. San-Diegodagi muvaffaqiyatli ishtirok Svyontekka 470 reyting ochkosi hamda 116,340 dollar mukofot puli keltirdi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar