03 mar 11:30
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning to'rtinchi raketkasi bosh sovrinni AQSHda olib qoldi
AQSHning Ostin shahrida tennis bo'yicha WTA 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini dunyoning to'rtinchi raketasi bo'lib turgan Jessika Pegulaga nasib etdi. Amerikalik tennischi final bahsida WTA reytingida 56-pog'onada borayotgan vatandoshi Makkartni Kesslerni 7/5, 6/2 hisobida taslim etdi.
Sakson to'rt daqiqa davom etgan final uchrashuvida ikkala amerikalik ham eys zarbasni amalga oshira bilmadi. Qo'shaxatolar Kesslerda ko'proq bo'ldi - 5 ga 2. Breyklar bo'yicha ustunlik esa tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 6 ga 3!
Malumot uchun, Ostindagi turnirning mukofot jamg'armasi 275 000 AQSH dollarini tashkil qildi. O'tgan yili musobaqada xitoylik Yuan Yue bosh sovrinni boshi uzra baland ko'targandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar