20 may 11:44
Yangiliklar
Tennis

Dunyoning uchinchi raketkasi o'z yurtidagi ishtirokini boshladi
Germaniyaning Gamburg shahrida tennis bo'yicha ATP 500 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Dunyoning uchinchi raketkasi Aleksandr Zverev ilk davrada ATP reytingida 80-o'rinni egallab turgan amerikalik Aleksandar Kovachevichni 6/1, 7/6(5) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir soatu 35 daqiqa davom etgan bahsda Zverev 7, Kovachevich 4 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham bexato harakat qilib, qo'shxatoga yo'l qo'yishmadi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 4 ga 1. Endi germaniyalik tennischi ikkinchi bosqichda franciyalik Aleksandr Myullerga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar