So’nggi yangiliklar

19:05"Мен Макгрегорнинг адабини бераман!" - Холлоуэй 0 18:45"Айнан шунинг учун ҳам буни қилдик". "Ғазалкент" ўзгача рангдаги машғулот либосларини намойиш этди (ФОТО) 0 18:26UFC 329 турнири промоушен тарихидаги рекордни янгилади 0 18:01Садио Мане Сенегал терма жамоасидаги фаолиятини якунлаганини эълон қилди 0 17:30Разамбек Жамалов эртанги жанги олдидан Тбилисига етиб борди ва фотосессияда иштирок этди (ФОТО) 0 16:42Дана Уайт — Макгрегорнинг келажаги ҳақида: "Агар ютса бешта, ютқазса учта сценарий бор" 0 16:12Нурсултон Рўзибоев укасини қўллаб-қувватлаш мақсадида Москва шаҳрига етиб борди + ВИДЕО 0 15:37Расман. Энцо Маресканинг штабида кимлар ишлаши маълум 0 15:01Конор Макгрегор: "Уч вазн тоифасида чемпион бўлишимга ишонаман" 0 14:30Холлоуэй Макгрегорни мағлуб этиб, йил охиригача учинчи жангни ўтказмоқчи 0 13:45Макгрегор навбатдаги рақиби ким бўлиши мумкинлигини айтди 0 13:16Килиан Мбаппе ЖЧда навбатдаги рекордини ўрнатди 0 12:40Шакур Стивенсон Zuffa Boxing билан шартнома имзолади 0 12:03"Шанба оқшомида Холлоуэй фаолиятини якунлайди" - Конор Макгрегор 0 11:28Фьюри, Жошуа, Макгрегор, Холлоуэй, Анкалаев, Рамазон Темиров. Июль ойида бокс ва ММА мухлисларини "ёндирадиган" жанглар кутмоқда 0

19 okt 10:54
Yangiliklar

Tennis

Dunyoning yosh raketka ustalari Toshkent kortlarida bellashmoqda + FOTOGALEREYA

Teglar :  TennisITF
Xalqaro tennis federaciyasi(ITF) tasnifidagi 18 yoshga to'lmagan yosh raketka ustalari ishtirokidagi xalqaro turnirlarning eng yuqori divizionida 5 ta toifadan iborat musobaqalar mavjud bo'lib, ushbu bahslarning biri ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkentda o'tkazilmoqda.

Bundan ikki kun muqaddam Olimpiya zaxiralari respublika tennis maktabi kortlarida boshlangan xalqaro turnir yakkalik va juftlik toifasida o'g'il-qizlar o'rtasida tashkil etilmoqda.

Xalqaro musobaqa ikki bosqichda — saralash va asosiy setkadan iborat bo'lib, saralash o'yinlarida o'g'il-qizlar o'rtasida 32 nafar sportchi ishtirok etdi. 
 
Turnirning asosiy setkasida 32 nafar o'g'il bola va shuncha tennischi qiz 16 ta juftlikda g'oliblik uchun harakat qilmoqda. 
 
Etiborlisi, Toshkent kortlarida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borayotgan Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, SHveycariya, Polsha, Italiya, AQSH, Belgiya, Litva, Turkiya, Niderlandiya, Germaniya, Livan, Ukraina, Franciya va CHexiya vakillari qatorida o'zbekistonlik iqtidorli yosh raketka ustalari Ilya Ignatov, Artur Ibragimov, Amir Milushev, SHahnoza Maraimova, Anna Xaykis va Sabrina Olimjonova turnirning asosiy setkasida ITF tasnifidagi bahslarda harakat qilmoqda. 
 
Bugun kun davomida asosiy setkadagi dastlabki musobaqalar bo'lib o'tadi. 
 
Musobaqalar 22 oktyabrga qadar davom etadi.

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing