19 mar 15:09
Yangiliklar
Kurash

Dushanbeda Osiyo chempionati boshlandi. Bellashuvlar o'tkazilayotgan arenadan FOTOREPORTAJ
Xabar berganimizdek, bugun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida kurash bo'yicha Osiyo chempionati boshlandi.
Qitamizning 26 davlatidan sara kurashchilar jami 15 ta (7 ta erkaklar, 8 ta ayollar) vazn toifasida bahslarga kirishdilar. Bugun musobaqaning birinchi kuni erkaklar o'rtasida -66, -81, -90, +100 kg, ayollarda esa -57, -70, -87 kg vaznlarda g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi.
Ayni daqiqalarda musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazilyapti. Unga qadar esa 7 ta vaznda saralash bellashuvlari o'tkaziladi. Birozdan so'ng final bahslari boshlanadi.
Alimurod MAMADAMINOV, Dushanbe shahridan maxsus
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar