26 apr 19:38
Yangiliklar
Dyurant etakchiligidagi Bruklin Nets seriyada Boston Seltiksga yutqazib, NBA pley-offini tark etdi
Unda «Bruklin Nets» o'z maydonida «Boston Seltiks»ni qabul qildi. Nyu-Yorkdagi «Barclays Center» arenada bo'lib o'tgan uchrashuv mehmonlarning 116:112 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
G'olib jamoada eng yaxshi o'yinchi 29 ochko jamg'argan Jeyson Tatum bo'ldi. Kevin Dyurant 39 ochko bilan «Bruklin Nets»da eng sermahsul o'yinchi bo'ldi.
SHu tariqa, seriyadagi hisob 4:0 bo'ldi va «Boston» NBA pley-off bosqichining chorak finaliga chiqdi. Keyingi bosqichda «Boston» «Miluoki» – «CHikago» juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
NBA chempionligini qo'lga kiritish uchun asosiy davogar deya qaralgan Kevin Dyurant etakchiligidagi yulduzli tarkib shu erda yurishini to'xtatadigan bo'ldi. «Boston» esa NBA pley-offining keyingi bosqichiga chiqqan ilk jamoaga aylandi.
Fikrlar