29 iyu 16:44
Yangiliklar
Basketbol
Jongkuch Mach NBA tarixidagi eng bo'ydor o'yinchiga aylanishi mumkin
Avstraliyalik 18 yoshli iqtidor egasi sakramay turib ham to'pni savatga tushira oladi.
Hozirda uning bo'yi 2,29 metrni tashkil etmoqda — bu Manute Bolning rekordidan atigi 2 santimetrga kam. Machning oilasi singari afsonaviy basketbolchi ham Janubiy Sudanning dinka xalqiga mansub bo'lgan.
Mach deyarli sakramasdan turib ham to'pni yuqoridan savatga tushirishga qodir, bunday ulkan gabaritlar uchun noodatiy bo'lgan harakatchanligi sababli esa uni allaqachon Vembanyamaga qiyoslashmoqda.
Hozirdanoq Jongkuch uchun NCAA universitetlari va hatto bazi NBA klublari o'rtasida kurash boshlangan.






Havola :
Manba : t.me/uz_eksport
Fikrlar