So’nggi yangiliklar

09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0 16:44WBC президенти Дэвид Бенавидеснинг WBC камаридан воз кечганига муносабат билдирди 0 16:1340 ёшли Жиру 37 ёшли Давиде Анчелоттига нима учун "сиз"лаб мурожаат қилишини тушунтирди 0 15:42Жон Жонс ҳаётидаги энг катта афсусларидан бири ҳақида гапирди 0 15:11Қозоғистонлик боксчи ўзбек рақибга қарши жангдан кейин жароҳат олгани маълум бўлди 0 14:40Майкл Пейж энди бошқа промоушенда жанг қилади 0

13 dek 10:30
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi kuni beshta vaznda g'oliblar aniqlandi + FOTOGALEREYA

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

"Geolog" sport majmuasida o'tkazilayotgan bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan o'zbek dzyudosining ertangi kuni hisoblangan iqtidor egalari g'oliblik yo'lida tatamiga chiqishyapti. 

Mamlakat birinchiligining ilk kuni o'g'il bolalar -60, -66, qizlar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tashkil etilgan bellashuvlarda tatamiga chiqishdi. O'z vazn toifalarida Zarina Jamalova, Sabina Azamatova, Mohinur Allaberganova, Zafar Mubinov va Artur Ibodullaev O'zbekiston chempioni bo'ldi. 

Birinchi kun g'olib va sovrindorlari:

-48 kg vazn toifasi

1. Zarina Jamalova (Toshkent vil)

2. Marjona Sadullaeva (Jizzax viloyati)

3. Maxfira Ro'ziboeva (Xorazm viloyati)

3. Dilrux Hasanova (Jizzax viloyati)


-52 kg vazn toifasi

1. Sabina Azamatova (Buxoro viloyati)

2. Nargiza Do'stmamatova (Qashqadaryo viloyati)

3. Kamola Orifjonova (Sirdaryo viloyati)

3. Nigina Umurzakova (Samarqand viloyati)


-57 kg vazn toifasi 

1. Mohinur Allaberganova (Xorazm viloyati)

2. Aselxan Aralbaeva (Toshkent viloyati)

3. Maftina Ahmedova (Xorazm viloyati)

3. Ramajon Saparova (Xorazm viloyati)


-60 kg vazn toifasi

1. Zafar Mubinov (Buxoro viloyati)

2. Arapbay Daurbaev (Toshkent viloyati)

3. Muhammadjon Masharipov (Xorazm viloyati)

3. Muhammadkarim Nosirov (Toshkent shahri)


-66 kg vazn toifasi

1. Artur Ibodullaev (Xorazm viloyati)

2. Sobirjon Rasulov (Jizzax viloyati)

3. Xudoyor Arslonov (Samarqand viloyati)

3. Rasul Parmonov (Buxoro viloyati)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing