So’nggi yangiliklar

19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0

24 sen 11:15
Yangiliklar

Dzyudo

Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida dog'istonlik murabbiy ish boshladi

Teglar :  Kamil Magomedov
O'zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi xorijlik mutaxassis evaziga kuchaytirildi.

O'zbekistonda sportni rivojlantirishga davlat darajasida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan xorijlik mutaxassislarni jalb etish bo'yicha aniq maqsadga yo'naltirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa samarali tajriba almashish, sportchi va murabbiylarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, milliy terma jamoalarning jahon maydonidagi mavqeini mustahkamlashni taminlamoqda. 

Bugungi kunda turli jamoalar tarkibida xorijlik murabbiylar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda va ularni jalb qilish amaliyoti yuqori samaradorlik ko'rsatmoqda. Ushbu siyosatni amalga oshirish doirasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi erkaklar terma jamoasi murabbiylar shtabining yangi azosi, rossiyalik mutaxassis Kamil Magomedov bilan shartnoma imzoladi. SHartnoma O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Komilov va Kamil Magomedov tomonidan imzolandi. Magomedov terma jamoamizning estoniyalik bosh murabbiyi Aleksey Budolinga yordam beradi.

Malumot uchun: 44 yoshli Kamil Magomedovich Magomedov sportchilik faoliyati davomida -81 va -90 vazn toifalarida ishtirok etgan. 2012 yilda u jamoaviy jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritdi, uch karra Evropa chempionati sovrindori bo'ldi. SHuningdek, Evropa kubogi va policiya xodimlari o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqdi.

Bunday darajadagi mutaxassislarni jalb qilish milliy dzyudomizni rivojlantirish va O'zbekiston terma jamoasining eng yirik xalqaro musobaqalardagi raqobatbardoshligini oshirishda muhim bo'g'in hisoblanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing