10 noy 14:02
Yangiliklar
Dzyudochilarimiz VI Islom birdamligi o'yinlarida 10 ta medal qo'lga kiritishdi + FOTO
O'zbekiston terma jamoasi murosasiz kechgan ikki kunlik bellashuvlar yakunida medallar jamg'arish bo'yicha 3 ta oltin, 3 ta kumush, 4 ta bronza medali bilan 32 davlat orasida faxrli 2-o'rinni band etdi.
Etiborlisi, Muzaffarbek To'raboev Islom Birdamligi o'yinlarining ikki karra chempioniga aylandi. U uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o'tgan V Islom birdamligi o'yinlarida -100 kg vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgandi. Konyada SHahram Ahadov oltin, Alisher Yusupov kumush medalga sazovor bo'lgandi. Ana shu uch dzyudochimiz hisobida endi Islom birdamligi o'yinlarining ikkitadan medali bor.
Barcha g'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar
-66 kg: Zamohshari Bekmurodov
-90 kg: SHahzodxo'ja SHaripov
+100 kg: Muzaffarbek To'raboev
Kumush medallar
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-73 kg: SHahram Ahadov
+78 kg: Irisxon Qurbonboeva
Bronza medallar
-48 kg: Laziza Haydarova
-57 kg: SHukurjon Aminova
-78 kg: Marjona Ko'chimova
+100 kg: Alisher Yusupov











Fikrlar